Rejali nazorat – barqarorlik asosi
“Tolimarjon IES” AJda uskunalarning barqaror ishlashini ta’minlash, qurilmalarning ishchi holatini yaxshilash maqsadida reja asosidagi nazorat jarayonlari o‘tkazilyapti. Ulardan navbatdagisi 220 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasida bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik jarayonida boltli ulamalar kontaktlarida qizish holatlari ro‘y bermaganligi, ularda zanglashlar yo‘qligi nazorat qilindi.
Shuningdek, qo‘shib ajratkich pichoqlarini belgilangan me’yordagi haroratdan yuqori emasligi hamda mustahkamligi ko‘zdan kechirildi.
Bundan tashqari, transformatorlarning ishchi harorati ko‘zdan kechirilib, ehtimoliy favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi yo‘qligi ko‘rib chiqildi.
“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati