“SIRDARYO IES” AJDA DETANDER-GENERATOR AGREGATLARI KAMCHILIKLARINI ANIQLASH VA BARTARAF ETISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

“SIRDARYO IES” AJDA DETANDER-GENERATOR AGREGATLARI KAMCHILIKLARINI ANIQLASH VA BARTARAF ETISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

“Sirdaryo IES” AJ tomonidan muqobil energiya ma’nbalaridan samarali foydalanish hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmlarini oshirish maqsadida, stansiyaga o‘rnatilgan detander-generator agregatlari kamchiliklarini aniqlash va bartaraf etish ishlari tashkil etildi.

Mavjud nuqsonlar va kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini belgilash uchun Ukraina davlatining “Turbogaz” korxonasi mutaxasislari, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zbekenergota’mir” AJ va “Sirdaryo IES” AJning Ta’mirga tayyorlash va o‘tkazish bo‘limi xodimlari bilan xamkorlikda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Quvvati 5000 kVt.s bo‘lgan har bir detander-generator agregatlari ta’mirlanib ishga tushurilishi natijasida, kuniga 100,0 ming kV.soat “Ekologik toza” elektr energiyasi ishlab chiqariladi deydi - “Sirdaryo IES” AJ 1-QTS boshlig‘i Fatxulla Miraxirov.

“Sirdaryo IES” AJ Matbuot xizmati.