SIRDARYO IES: ELEKTR SEXI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH ISHLARI JADAL OLIB BORILMOQDA

SIRDARYO IES: ELEKTR SEXI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH ISHLARI JADAL OLIB BORILMOQDA

“Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” elektr sexini 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash ishlari davom etmoqda.

Hozirgi kunda sexning 220 va 500 kV ochiq taqsimlash qurilmasida 9 ta o‘chirgichlarning kapital ta’mirlash yakunlanib, ekspluatatsiyaga topshirildi. Qolgan o‘chirgichlarda kapital ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Kompressor uskunalarini ta’mirlash jadvaliga asosan T-9, T-10, 29T, 30T  uskunalari kapital ta’mirlandi.

Elektr sexiga qarashli ATC 14-23, reaktorlar, transformatorlar va boshqa moy bilan ishlovchi uskunalar yog‘-moy sathlari tekshiruvdan o‘tkazildi va me’yorga keltirildi, o‘chirgichlarni boshqarish shkafini qizdirish tizimi kuz-qish mavsumiga tayyorlandi. Asosiy sxema va elektr stansiyasi yordamchi sxemasining elektr jihozlari profilaktik yuqori kuchlanishli sinovdan o‘tkazildi. FS-20.25 tipidagi yangi elektroliz qurilmasini montaj qilish ishlari 80 foizga yakunlandi. 

Olib borilayotgan keng ko‘lamli ta’mirlash ishlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad - kuz-qish mavsumida barcha uskunalarning barqaror ishlashini ta’minlash hamda iste’molchilarga uzluksiz ravishda elektr energiyasi yetkazib berishdir, deydi “Sirdaryo IES” elektr sexi boshlig‘i Abdrefi Emirveliyev.

“Sirdaryo IES” aksiyadorlik        jamiyati Matbuot xizmati