Sirdaryo IESda “Davlat xaridlari” va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlar mazmun-mohiyati bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Sirdaryo IESda “Davlat xaridlari” va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlar mazmun-mohiyati bo‘yicha seminar o‘tkazildi

2025 yil aprel oyining rejasiga muvofiq “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Sirdaryo IES filialida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni talablari bo‘yicha seminar o‘tkazildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2025 yil 5 martda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishidagi nutqida ko‘tarilgan dolzarb vazifalar va ma’sullar oldiga qo‘yilgan topshiriqlar haqida so‘z bordi. 

Ushbu me’yoriy hujjatlar talablari filialdagi har bir rahbar va sohaga ma’sul shaxslar tomonidan chuqur o‘rganilishi va amaliyotda qo‘llanishi hozirgi davr talabi ekanligini aytib o‘tildi. 

Seminarda ishtirok etgan Sirdaryo viloyati Raqobatni rivojlantirish  va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy boshqarmasi bosh mutahassisi Sh.Xudoyqulov slaydlar asosida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari” to‘g‘risidagi qonunning mazmun mohiyatini tushintirish bilan bir vaqtda davlat xaridlari jarayonida amaliyotda uchrab turadigan xato va kamchiliklar to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, tarif (narx)larni shakllantirish va ularni qo‘llash tartibi xaqida ham batafsil tushintirishlar berildi.

Shirin shahar prokurori yordamchisi F.Normatov tomonidan bu sohadagi talablarning buzilishi amaldagi qonun hujjatlariga asosan javobgarlik masalasi to‘g‘risida tushintirilib, bunda qonunlar ijrosini ta’minlash nafaqat ma’sullar, balki har bir fuqaroning burchi ekanligi qayd etildi. 

Sirdaryo IES Matbuot xizmati