
Sirdaryo IESda ma’rifat soati: ishchi-xodimlar ma’naviyati yuksalmoqda
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Sirdaryo IES filialida ishchi-xodimlar uchun navbatdagi ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir korxona kasaba uyushma qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ma’rifiy tadbir davomida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, mamlakatda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohatlar, yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ishlar, oila va xotin-qizlar masalasi, odob-axloq, milliy qadriyatlar va shukronalik tuyg‘usi borasida ham mas’ul ma’naviyatchilar tomonidan ishtirokchilarga tushunchalar yetkazildi.

Tadbir yakunida 1-oktyabr — “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan faol ishtirok etgan ma’naviyat targ‘ibotchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Sirdaryo IES Matbuot xizmati