Soatiga 100 tonna issiq suvni isituvchi qozon qurilmasi kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda

Soatiga 100 tonna issiq suvni isituvchi qozon qurilmasi kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda

Yakkasaroy tumanidagi Toshkent issiqlik elektr markazida ham 2025-2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuqori sur’atlarda olib borilmoqda.

Ta’mir kampaniyasi rejasida ko‘zda tutilgan 5 ta qozon qurilmasidan 4 tasida ta’mirlash ishlari yakunlanib, ular mavsumga shay holatga keltirildi.

Ayni kunlarda oxirgi – 12-qozon qurilmasida o‘rta ta’mirlash ishlari boshlandi. Bu yerda 20 nafar mutaxassis qozonning asosiy va yordamchi qurilmalarini texnik talablarga moslash ishlarini olib bormoqda.

Ma’lumot uchun: Mazkur qozon agregati (kuz-qish) isitish mavsumida poytaxt iste’molchilarini issiqlik energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.  

Qurilmaning o‘rnatilgan quvvati 100 Gkal bo‘lib, soatiga 100 tonna suvni isitish imkoniyatiga ega.

Toshkent IEM Matbuot xizmati