
“SPORT – SOG‘LOM TURMUSH GAROVI” SHIORI OSTIDA SPORT MUSOBAQALARI BO‘LIB O‘TMOQDA
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan filiallar va tizim korxonalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida sportning mini-futbol va voleybol turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tyapti.

Kuni kecha, “Yangi-Angren IES” AJ xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar, voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasida saralash musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ayni kunlarda issiqlik elektr stansiyalari va markazlarida “Sport – sog‘lom turmush garovi” shiori ostida kasaba uyushmasi tashabbusiga ko‘ra o‘tkazilayotgan kubogda korxonalardagi 32 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan ishchi-xodimlar qatnashmoqda.
Hududlarda o‘tkazilayotgan bellashuvlarda sport turlari bo‘yicha jamoalar saralanib respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar. Yakuniy saralash bosqichi joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati