“SPORTNI SEV, SPORT BILAN YASHA”

“SPORTNI SEV, SPORT BILAN YASHA”

“Sirdaryo IES”AJ kasaba uyushma qo‘mitasi va yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida sport oyligi o‘tkazilmoqda. 

Ushbu oylik doirasida korxona ishchi-xodimlarining jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi va bu orqali ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish, zararli odatlardan voz kechishlarini ta’minlash hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil etish maqsadida sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 10 may kuni ushbu sport musobaqalarining mini-futbol bahslariga start berildi. Unda korxonaning sex va bo‘limlaridagi ishchi-xodimlaridan iborat jami 12 ta jamoa ishtirok etmoqda. 

May oyining oxiriga qadar davom etadigan musobaqalar yakuni bo‘yicha g‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari mukofotlanadilar. 

“Sirdaryo IES” AJ Matbuot xizmati