“Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi

“Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi

“Angren IES” AJda Navro‘z bayrami munosabati bilan korxona xodimlari o‘rtasida turli sport musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur musobaqalar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoa ichida sog‘lom raqobat va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadiga qaratilib, barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Sport musobaqalari arqon tortish, tosh ko‘tarish, sakrog‘ich sakrash shaxmat kabi yo‘nalishlarda o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib  taqdirlandi.

Mazkur tadbir xodimlarga yaxshi kayfiyat ulashish va jismoniy chiniqish bilan birgalikda jamoaviy birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

“Angren IES” AJ Matbuot xizmati