“TAXIATOSH IES” AJ: ISHLAR TUNU-KUN KUCHAYTIRILGAN REJIMDA OLIB BORILMOQDA

“TAXIATOSH IES” AJ: ISHLAR TUNU-KUN KUCHAYTIRILGAN REJIMDA OLIB BORILMOQDA

Ayni sovuq ob-havo sharoitida elektr energiyasi iste’moli sezilarli oshgan joriy qish mavsumida elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash maqsadida “Taxiatosh IES” AJda tunu-kun 24 soatlik kuchaytirilgan ish tartibi joriy etilgan.

Xususan, korxona  xodimlari tomonidan  barcha qurilmalar normal ishlashi uchun kecha-yu kunduz ko‘zdan kechirib borilmoqda. Minus havo harorati sharoitida, ayniqsa tun davomida, stansiya ishlab chiqarishi jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi uskunalarning soz ishlashi hamda muzlab qolishining oldini olish uchun muntazam kuzatuv ishlari tashkil qilingan. 

Shuningdek, transformatorlarning holati, ulardagi moy sathining belgilangan me’yordaligi, ochiq taqsimlash qurilmalaridagi qo‘shib ajratgichlarning sozligi, nasoslarning ish holatda bo‘lishi to‘liq ko‘zdan kechirilib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, elektr stansiyasi tomonidan kuniga o‘rtacha 17 mln. kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

“Taxiatosh IES” AJ Matbuot xizmati