“Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

“Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni barqaror issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJ Bug‘-gaz qurilmalari sexida joylashgan issiqlik energiyasi markazida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Mazkur issiqlik energiyasi markazi yiliga o‘rtacha 40 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, Taxiatosh tumani hududida joylashgan ijtimoiy soha ob’ektlari, ko‘p qavatli turar joy binolari, shuningdek, stansiya atrofidagi issiqxonalarni issiqlik bilan ta’minlab kelmoqda. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan issiqlik energiyasining bir qismi stansiyaning o‘z ehtiyojlari uchun ham sarflanadi.

Bug‘-gaz qurilmalari sexida faoliyat yuritayotgan mazkur markaz hududni uzluksiz va barqaror issiqlik energiyasi bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ob’ektlardan biri hisoblanadi.

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud energiya tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari belgilangan jadval asosida bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

Taxiatosh IES Matbuot xizmati