TEXNIK NAZORAT TADBIRLARI BARQARORLIK KAFOLATI
Shu kunlarda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ filiallaridagi mavjud barcha asosiy va yordamchi qurilmalar kelgusi kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda. Taxiatosh IESda ham belgilangan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilyapti.
Jumladan, 8-sonli energoblok generatori tiristorli qo‘zg‘atish tizimida stansiya hamda “O‘zenergosozlash” MCHJ mutaxassislari o‘zaro hamkorligida profilaktik ko‘rik o‘tkazilmoqda.
Ma’lumki, elektr energiyasi ishlab chiqarishda generatorlar asosiy elektromexanik qurilma xisoblanadi.Tiristorli qo‘zg‘atish tizimi yordamida generatorning statorida quchlanish paydo bo‘ladi, natijada elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Ushbu profilaktik tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - qurilmaning uzluksiz hamda ishonchli ishlashini ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iborat.
Taxiatosh IES va “O‘zenergosozlash” MCHJ Matbuot xizmati