“Tolimarjon IES” AJ: Ishlab chiqarish quvvatlari oshirilmoqda
“Tolimarjon IES” AJda umumiy quvvati 1065 MVtga teng ikkita bug‘-gaz qurilmasini bunyod etish ishlaridagi barcha jarayonlar reja asosida davom ettirilmoqda.
Ayni paytda 3-bug‘-gaz qurilmasiga Yaponiyaning “Mitsubishi Power” kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan bug‘ turbinasining yuqori va o‘rta bosim silindrlari hamda bug‘-turbinasi va gaz turbinasi generatori o‘rnatildi.
Shuningdek, Xitoydagi “Nooter Eriksen” kompaniyasidan keltirilgan qozon utilizatori modullarining yuqori bosimli bug‘ qizdirgich qismlari ham olib kelinib, o‘rnatish ishlari bajarildi.
“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati