“Tolimarjon IES” AJda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

“Tolimarjon IES” AJda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda ish jarayonini tashkil etishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi, favqulodda holat sodir bo‘lganda dastlabki harakatlar va uni qanday bartaraf etish bo‘yicha ma’lumotlar mustahkamlandi.

Shundan so‘ng, shartli yong‘in sodir etilib, sex va bo‘limlardagi ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinachilarining egallagan bilim va mahoratlari sinovdan o‘tkazildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar mas’ullar tomonidan baholanib, ularga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati