“Tolimarjon IES” AJda “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi
“Yoshlar oyligi” doirasida “Tolimarjon IES” AJda korxona yoshlari ishtirokida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi.
Bellashuv davomida ishtirokchilar tarix, fan, texnologiya, adabiyot, madaniyat, sport va mantiqiy fikrlashga oid turli savollar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda jamoalar o‘zaro hamjihatlik, tezkor fikrlash va topqirlik fazilatlarini namoyon etdilar.
Bunday ma’rifiy-intellektual loyihalar korxona yoshlarining bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilayapti.
“Tolimarjon IES” AJda “Yoshlar oyligi” doirasidagi tadbirlar izchil davom ettirilib, yoshlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati