Tolimarjon IESda ochiq tanlov asosida ishga qabul jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda

Tolimarjon IESda ochiq tanlov asosida ishga qabul jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda

Ma’lumki, Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasida bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish maqsadida ochiq tanlov e’lon qilingan edi. Ayni kunlarda mazkur tanlov doirasida nomzodlar bilan suhbat jarayonlari ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.

Suhbat jarayonlarini “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan maxsus tuzilgan komissiya a’zolari olib bormoqda. Har bir nomzod bilan individual tarzda bilim darajasi va kasbiy tajribasi sinovdan o‘tkazilmoqda.

Tanlov jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash - nomzodlarga teng sharoit yaratish va tanlov natijalarining adolatli va xolis bo‘lishiga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilda Tolimarjon IESda quvvati 1065 MVt bo‘lgan yangi investitsiya loyihasining ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyiha doirasida 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa mahalliy aholini doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati