“TOLIMARJON ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI” ELEKTR QURILMALARI TA’MIRLANDI

Elektr sexi jamoasining malakali mutaxassislari tomonidan iste’molchilarga elektr energiyasini uzluksiz va ishonchli yetkazib berishni ta’minlash maqsadida stansiyadagi barcha elektr qurilmalarining texnik holati o‘rganib chiqildi.

Nazorat jarayonida aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilindi, yaroqsiz eski uskuna va jihozlar yangilariga almashtirildi. 500 va 250 kVtli ochiq taqsimlash qurilmalari ta’mirlandi. Mavjud 220 va 500 kVtli havo liniyalarining texnik holati ko‘rikdan o‘tkazildi. Elektr o‘tkazgichlarga namlik kirishini oldini olish maqsadida izolyator qopqoqlari zichlandi.

- Biz stansiyadagi barcha elektr qurilmalariga muntazam texnik ko‘rsatish, ularning beto‘xtov va samarali ishlashini ta’minlash uchun mas’ulmiz, - deydi sex boshlig‘i Ixtiyor Mirzayev. - Seximizda 159 nafar yuksak mahoratli nurchilar mehnat qilishadi. Asosiy qurilmalardan tortib, ularning yordamchi qurilmalari-elektrodvigatel, blok kuchlanish transformatorlari, ajratgich, qo‘shgich va izolyatorlar doimiy nazorat qilinadi.

“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati