TO‘RAQO‘RG‘ON IES: ENERGOBLOKLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLANMOQDA
To‘raqo‘rg‘on IES 2-sonli bug‘-gaz qurilmasida o‘tkaziladigan inspeksiya tadbirlari arafasida Yaponiyaning TEPSCO (Tokyo Electric Power Services Co.) kompaniyasi mutaxassislari stansiya 2-energoblok BGQ qurilmasi inspeksiyasi tadbirlarining tashkil qilinishi hamda olib borilishi ustidan nazorat amalga oshirish maqsadida stansiyaga yetib keldilar.
Yapon mutaxassislarining elektr stansiyasiga tashrifi doirasida korxona mas’ul xodimlari bilan muzokaralar o‘tkazilib, ularda shunday muhim tadbirning tashkil qilinishi hamda o‘tkazilishiga oid masalalar muhokama qilindi va ko‘rib chiqildi.
Bugun yapon mutaxassislari tomonidan loyihani amalga oshirish, ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish, elektr jihozlari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, ishlab chiqarish jarayoni ustidan kuzatuv va nazorat olib borish yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimot marosimi o‘tkazildi. Tadbir yakunida xorijlik mutaxassislar taqdimotda ishtirok etgan To‘raqo‘rg‘on IES mutaxassislari savollariga javoblar berdilar.
Ma’lumot o‘rnida, Yaponiyaning TEPSCO kompaniyasi To‘raqo‘rg‘on IES qurilishi jarayonida loyihani texnologik, moliyaviy hamda ishlab chiqarish jihatidan amalga oshirish bo‘yicha nazorat sohasida konsalting xizmatlarini ko‘rsatgan.
To‘raqo‘rg‘on IES Matbuot xizmati