To‘raqo‘rg‘on IES: Korrupsiyaga qarshi tadbir natijalari muhokama qilindi

To‘raqo‘rg‘on IES: Korrupsiyaga qarshi tadbir natijalari muhokama qilindi

Ma’lumki, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali usullaridan biri bu – fuqarolar o‘rtasida muntazam ravishda so‘rovlar o‘tkazib borish hisoblanadi.  “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning ushbu yo‘nalishida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tizimdagi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida iyul oyida ishchi-xizmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan anonim so‘rovlar natijalari atroflicha ko‘rib chiqildi. 

Unda stansiya rahbariyati, stansiyaning o‘rta bo‘g‘indagi rahbarlari, boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdilar. Stansiya komplayens xizmati xodimi tomonidan anonim so‘rovlar natijalari tadbir ishtirokchilariga batafsil  tanishtirildi.

Tadbirda so‘rovlarda qayd qilingan bir qator muammolar bo‘yicha mas’ul xodimlar tegishli xulosalar chiqarishi, anonim shaklda ko‘rsatilgan ishdagi kamchiliklar va nuqsonlarning bartaraf qilinishi va kelgusida ularning oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi lozimligi qayd qilindi. 

Tadbir davomida, shuningdek, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi asosiy tamoyillari ishtirokchilarga yana bir karra tushuntirib berildi.

Tadbir yakunida tegishli mas’ul xodimlarga anonim so‘rovlarda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni  zudlik bilan bartaraf qilish hamda kelgusida ularning oldini olish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi. 

                                                                 To‘raqo‘rg‘on IES Matbuot xizmati