TO‘RAQO‘RG‘ON IES: NAZORAT-O‘LCHOV ASBOBLARI VA AVTOMATIKA TIZIMI KUZ-QISH DAVRIDA ISHLASHGA TAYYORLANDI

TO‘RAQO‘RG‘ON IES: NAZORAT-O‘LCHOV ASBOBLARI VA AVTOMATIKA TIZIMI KUZ-QISH DAVRIDA ISHLASHGA TAYYORLANDI

To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida elektrostansiyaning kuz-qish davrida benuqson ishlashini ta’minlash bo‘yicha ta’mirlash-tayyorlash ishlari nihoyasiga yetmoqda. Ushbu ishlar asosan stansiyaning tajribali mutaxassislari tomonidan amalga oshirilmoqda, ayrim murakkab ishlarga esa energetika sohasining maxsus korxonalari mutaxassislari jalb qilinmoqda. 

Jumladan, shu kunlarda stansiyada nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika tizimini kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash ishlari yakunlandi.Ushbu muhim tadbirlar davomida mutaxassislar tomonidan stansiyaning birinchi va ikkinchi energobloklari 160 ta  nazorat-o‘lchov asboblari va texnologik himoya uskunalari ish qobiliyati tekshiruvdan o‘tkazildi, 62 ta shkafdagi 248 impuls liniyalarining past havo harorati sharoitida ishlashi qobiliyati o‘rganildi, 16 ta qizdirgichlar elektr ta’minoti shkaflarida o‘rnatilgan ko‘p sonli elektr o‘chirgichlarning sozligi tekshirib chiqildi.   

Nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika tizimining ish qobiliyatini aniqlash hamda undagi mavjud defektlarni bartaraf qilish bo‘yicha ishlar stansiyaning gidrotexnika inshootlari sexi va kimyo sexida ham olib borildi. Birinchi va ikkinchi energobloklarda (25 tadan), GDKS (10 ta) va umumstansiya qurilmalarida (43 ta) o‘rnatilgan texnik manometrlar va datchiklar (jami shkaflar soni 103 ta) qayta tekshirildi va ichki tomonidan issiqlik saqlovchi materiallar (bazalt) bilan o‘rab chiqildi.

Bosh pudratchi - “Mitsubishi Hitachi Power Systems” (MHPS) bilan kelishilgan holda, past bosimli baraban tizimida impuls liniyalarining tebranishini bartaraf qilish va oldini olish maqsadida darajani ko‘rsatuvchi datchiklar uchun termoregulyatorlarning qo‘shimcha qurilmasi o‘rnatildi. 

“To‘raqo‘rg‘on IES QD” UK matbuot xizmati

.