Toshkent IEMda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

Toshkent IEMda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

Poytaxtning qator iste’molchilarini elektr energiyasi, 6 ta tumanni issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi Toshkent IEMda belgilangan rejaga muvofiq 5 kunlik to‘liq ta’mirlash va profilaktika ishlari o‘tkazilmoqda. 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan tizim korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini barqarorlashtirish, yoqilg‘i resurslari sarfini kamaytirish, qurilmalarning barqaror ishlashini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumida turli avariyaviy o‘chishlarning oldini olish maqsadida mukammal, o‘rta va joriy ta’mirlash bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, barcha elektr stansiyalaridagi asosiy va yordamchi qurilmalar bosqichma-bosqich ta’mirlanmoqda.  

Xususan, 1939 yilda ishga tushirilgan Toshkent IEMda barcha energoqurilmalar va qozon agregatlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  

Joriy yilning 23 sentyabrdan 27 sentyabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan mazkur jarayon davomida generator va turbinada hamda issiqlik almashtirgichlarda (boyler) va issiqlik quvurlarida zadvijkalar qatori asosiy va yordamchi qurilmalarni ham texnik ko‘zdan kechirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish nazarda tutilgan. 

Ta’mirlash ishlarida korxona mutaxassislari bilan birgalikda  “O‘zbekenergota’mir” AJ va “O‘zenergosozlash” MCHJ xodimlari ham ishtirok etishmoqda.

Toshkent IEM matbuot xizmati