
“TOSHKENT IES” AJ: “RAQAMLI O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI AMALDA
Avval xabar berganimizdek, “Toshkent IES” AJ 4-energoblokida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari joriy etilgan bo‘lib, hozirgi kunda mazkur energoblok samarali ekspluatatsiya qilinmoqda.

Ma’lumki, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da milliy iqtisodiyot, sanoat va umuman jamiyatda raqamli transformatsiyani amalga oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Shunga muvofiq, “Toshkent IES” AJda rejali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning aprel oyidan boshlab an’anaviy 4-energoblokda raqamlashtirish bo‘yicha ishlar yakunlanib, yagona tizimga ulangach, iste’molchilarga yuqori sifatli elektr energiyasi yetkazib berish boshlandi.
Ayni kungacha 61931 ming kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, yil boshidan buyon bu ko‘rsatkich 222 441 ming kilovatt soatni tashkil etdi. 303, 1 ming kubometr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishildi.

Diagonal o‘lchami 55 dyuym bo‘lgan uchta monitorda axborot olish va energoblokning 200 dan ziyod parametrlarini vizuallashtirish orqali barcha signallarni qulay shaklda qabul qilish imkoniyati tug‘ildi, – deydi 1-qozon turbina sexi boshlig‘i Alisher Yunusov. – Bu ishlarning barchasi qurilmalarning ekspluatatsiya darajasini yaxshilash va yoqilg‘ining solishtirma sarfini kamaytirish imkonini beradi.
“Toshkent IES” AJ Matbuot xizmati