“Toshkent IES” AJ yong‘in va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

“Toshkent IES” AJ yong‘in va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

Respublika hududida favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish maqsadida tashkil etilayotgan “Dolzarb kunlar” profilaktik tadbirlari doirasida “Toshkent IES” AJda yirik va toifalangan ob’ektlarda xavfsizlik choralarining samaradorligini oshirish maqsadida profilaktik ko‘rik o‘tkazildi.

Tadbir avvalida korxona xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularga yong‘in xavfsizligi qoidalari, inshoot va uskunalarda yong‘inning oldini olish choralari, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish, xavf manbalarini aniqlash va yong‘inga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlar berildi.

Mashg‘ulotlarda kapitanlar M.Qo‘chqorov va X.Mirzaahmedov rahbarligida ob’ektning yong‘inga qarshi holati o‘rganildi, ishchi-xodimlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, ob’ektdagi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining jangovar shayligi tekshirildi, hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Bu kabi tadbirlar yirik sanoat ob’ektlarida yong‘in va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, tizimli nazoratni ta’minlash va xavfsizlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Toshkent IES” AJ Matbuot xizmati