Toshkent issiqlik markazi: Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik – barqaror issiqlik ishlab chiqarishga xizmat qiladi

Toshkent issiqlik markazi: Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik – barqaror issiqlik ishlab chiqarishga xizmat qiladi

Toshkent shahri aholisi va ijtimoiy soha obyektlari uchun issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi asosiy korxona – “Toshkent issiqlik markazi” qozonxonalarida 2025-2026-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Qozon agregatlarini mavsumga tayyorlash rejasiga ko‘ra, jami 13 ta qozonda mukammal ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, ayni payda 5 ta qozon qurilmalari mavsumga shay holatga keltirildi. Qolganlarida esa, belgilangan jadval asosida ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Ushbu ishlarni mukammal va sifatli bajarish maqsadida elektr stansiyalari va markazlariga xizmat ko‘rsatuvchi korxona – “O‘zbekenergota’mir” AJ 100 nafarga yaqin mutaxassislari jalb etilgan.

Hozirda hududlardagi quyidagi issiqlik markazlarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda:

• Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan o‘rnatilgan umumiy quvvati 500 Gkal bo‘lgan 1-sonli issiqlik markazining 5-qozon agregatida;

• Yunusobod tumanida joylashgan o‘rnatilgan umumiy quvvati 900 Gkal bo‘lgan 4-sonli issiqlik markazining 1-qozon agregatida;

• Chilonzor tumanida joylashgan o‘rnatilgan umumiy quvvati 700 Gkal bo‘lgan 5-sonli issiqlik markazining 1 - 8 -qozon agregatlarida;

• Yashnobod tumanida joylashgan o‘rnatilgan umumiy quvvati 400 Gkal bo‘lgan 7-sonli issiqlik markazining 5-qozon agregatbda;

• Olmazor tumanida joylashgan o‘rnatilgan umumiy quvvati 540 Gkal bo‘lgan 10-sonli issiqlik markazining 1-qozon agregatida.

Tayyorlov ishlarining asosiy maqsadi - poytaxt aholisi va ijtimoiy soha muassasalarini kelayotgan kuz-qish mavsumida barqaror issiqlik bilan ta’minlash, uzluksiz energiya ta’minotini kafolatlashdir.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati