“Toshkent issiqlik markazi” MChJ: 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga puxta taraddud ko‘rilmoqda

“Toshkent issiqlik markazi” MChJ: 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga puxta taraddud ko‘rilmoqda

Xususan, “Toshkent issiqlik markazi”ning poytaxt Yunusobod tumanida joylashgan umumiy quvvati 900 Gkal bo‘lgan 4-sonli issiqlik markazining 9-qozon agregatida mukammal ta’mir ishlari davom etmoqda.

Mazkur qozon qurilmasining quvvati 100 Gkalga teng bo‘lib, soatiga 1260 tonna issiq suv ishlab chiqarish imkoniga ega.

“O‘zbekenergota’mir” AJ 30 dan ortiq mutaxassislari jalb etilgan ishlarda qozon ekran quvurlari va qozon issiqlik yuzalari quvurlaridagi kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Maqsad – yaqinlashib kelayotgan kuz-qish mavsumida iste’molchilarni issiqlik energiyasi bilan uzluksiz va barqaror ta’minlashdan iboratdir.

Eslatib o‘tamiz, 4-issiqlik markazi asosan poytaxtning Yunusobod, qisman Shayxontohur, Olmazor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarini issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi asosiy korxona hisoblanadi. 

“Toshkent issiqlik markazi” MCHJ Matbuot xizmati