
“Toshkent issiqlik markazi” MChJ qozon qurilmalari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda
Poytaxt aholisini issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi asosiy korxona - “Toshkent issiqlik markazi” 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda.

➖ Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan o‘rnatilgan umumiy quvvati 500 Gkal bo‘lgan 1-sonli issiqlik markazining 1-3-qozon agregatlarida;
➖ Yunusobod tumanida joylashgan o‘rnatilgan umumiy quvvati 900 Gkal bo‘lgan 4-sonli issiqlik markazining 7-qozon agregatida;
➖ Chilonzor tumanida joylashgan o‘rnatilgan umumiy quvvati 700 Gkal bo‘lgan 5-sonli issiqlik markazining 7-qozon agregatida;
➖ Sergeli tumanida joylashgan o‘rnatilgan umumiy quvvati 300 Gkal bo‘lgan 8-sonli issiqlik markazining 4-qozon agregatida;
➖ Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan o‘rnatilgan umumiy quvvati 540 Gkal bo‘lgan 9-sonli issiqlik markazining 1-qozon agregatida;
➖ Shuningdek, Olmazor tumanida joylashgan o‘rnatilgan umumiy quvvati 540 Gkal bo‘lgan 10-sonli issiqlik markazining 2-3-qozon agregatlarida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ushbu ishlar asosiy ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qilmagan holda “O‘zbekenergota’mir” AJ mutaxassislari tomonidan bajarilib, qozon qurilmalarining asosiy va yordamchi uskunalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
Maqsad - joriy yil kuz-qish mavsumida aholini issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlashdan iboratdir.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati