
“USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN BIR GURUH SOHA VAKILLARI TAQDIRLANDILAR
Ustozga ehtirom barcha zamonlarda ham, ayniqsa, Sharq jamiyatida bag‘oyat yuksak bo‘lganligi tarixiy manbalardan ma’lum. So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan sohaga va soha vakillariga qaratilayotgan e’tibor fikrimizning yorqin dalilidir.

Joriy yilning 30 sentyabr sanasida Navoiy viloyat hokimligi tomonidan “Navoiy IES” AJ va bir qator viloyat tashkilotlari bilan birgalikda Navoiy shahridagi “Nuroniylar maskani”da “1 oktyabr-Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan katta tadbir tashkil etildi.

Tadbirni viloyat hokimi K.B.Tursunov Prezidentimizning ustoz va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirish bilan boshladi. Tadbir davomida soha vakillarining bir guruhiga ko‘krak nishonlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda “Navoiy IES” AJda faoliyat yuritayotgan “Ustoz-shogird”an’analari asosida ko‘plab shogirdlarga ustozlik qilgan xodimlarning bir guruhi rag‘batlantirildi.

Bizning mehnatimizni yuqori darajada qadrlaganliklari uchun minnatdormiz. Tadbirni tashkil etgan viloyat hokimligi va stansiyamiz rahbariyatiga samimiy tashakkurimizni bildiramiz. E’tibordan ruhlanib, biz kelgusida ham , shogirdlar tayyorlashdan charchamaymiz,-deydi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi N.N.Babakandov.
Bayram tadbiri yuqori darajada bo‘lib o‘tdi.



“Navoiy IES” AJ Matbuot xizmati