
Xodimlar xorijda malaka oshirdi
Xabar berib borayotganimizdek, “Tolimarjon IES” AJda umumiy quvvati 1065 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmalarini qurish ishlari jadal davom etib, jarayon yakuniy bosqichga kirdi.

Energoqurilmalarni ishga tushirish oldidan ekspluatatsiya ishlarida ishtirok etuvchi xodimlarning malakasini oshirish, ularni yirik xorijiy kompaniyalardagi mashg‘ulotlarda ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilyapti.
Shu maqsadda, stansiyaning bir guruh xodimlari Turkiyadagi “ABB Elektrik Sanayi A.S.” hamda “EPC” kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida ishtirok etdi.
Mazkur jarayonda xodimlar eng zamonaviy, so‘nggi rusumdagi 6 kVZS va 0,4 kVMNS tipli taqsimlash qurilmalarining tuzilishi, konstruksiyasi, ularga o‘rnatilgan o‘chirgichlarning ishlash tartibi, ikkilamchi zanjirlari va ularni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha amaliy tajribalarini oshirib qaytdilar.
“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati