XORIJIY TILLARNI BILISH – ZAMON TALABI

XORIJIY TILLARNI BILISH – ZAMON TALABI

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va tizim korxonalarida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi  “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

bugungi kunda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim korxonalarida, jumladan, Taxiatosh IES ishlab-chiqarishda innovatsion texnologiyalardan foydalanilmoqda. Ushbu uskunalardan to‘g‘i foydalanish uchun  ishlab chiqaruvchi kichik va o‘rta bo‘g‘in hamda rahbar xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakalarini oshirish  o‘quv rejasiga ularni  ingliz tili kurslarida o‘qititish ham kiritilgan.

Bu turdagi o‘quv kurslarini tashkil etishdan asosiy maqsad – investitsiya loyihasi asosida qurib bitkazilgan yangi bug‘-gaz qurilmalaridagi jahonning yetakchi kompaniyalariga tegishli zamonaviy uskunalarni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etishda xodimlarning tilga oid bilimlarini mustahkamlashdan iborat.

Mazkur kurslar yuqori malalakali o‘qituvchilar tomonidan янgi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida metodik qo‘llanma va multimediali ilovalar orqali tinglovchilarga yetkazilmoqda.

Korxonamizda xorijiy tillarni mukammal o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘quv dasturlari doirasidagi darslardan tashqari, qo‘shimcha mobil ilovalar orqali mashg‘ulotlar ham tashkil qilingan. Natijada yoshlarimiz va xodimlar orasida til bilishga qiziqish o‘sib bormoqda. Bu ham zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash imkonini beradi, – deydi kadrlar tayyorlash bo‘yicha muxandis S.Esemuratov.  

Ma’lumot o‘rnida, Taxiatosh IES tomonidan xodimlarni o‘qitish va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish bo‘yicha 2022 yil uchun “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, ishchi-xodimlar Italiya, Rossiya kabi rivojlangan davlatlarda bo‘lib elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud bilimlarini yanada mustahkamlash va zamonaviy tajribalarni o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘lishmoqda. 

Taxiatosh IES Matbuot kotibi