
XOTIN-QIZLAR MASALASI DOIMIY E’TIBORDA
“Toshkent IES” AJ ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan xodimlarning mehnatga oid huquqlarini ta’minlash, ularni o‘ylantirayotgan muammolar yechimini topish hamda qulay ish sharoitlarini yaratish maqsadlariga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi. Unda “Toshkent IES” AJ Bosh direktori Begzod Buronboyev ishtirok etdi.

Davra suhbatida barcha sex va bo‘limlarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar qatnashib, ish joylarida mehnat sharoitlarini yaxshilash, sanitariya-gigiyena xonalarini zamon talabi darajasiga keltirish, maishiy xonalarni texnika bilan ta’minlash, tozalikka e’tibor qaratish, o‘zaro muloqotda etika qoidalariga rioya qilish singari masalalarni ko‘tardilar.

Bosh direktor korxonada gender tengligini ta’minlash, ayollar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, shuningdek, ayollar salomatligini muhofaza qilish, intilish va tashubbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish bo‘yicha kelgusi rejalar asosidagi fikrlarini bildirdi.

Kunning ikkinchi yarmida korxonada mehnat qilayotgan yoshlar bilan ham uchrashuv tashkil etilib, ularning qiziqishlari, muammolari, reja va takliflari o‘zaro muhokama etildi.

“Toshkent IES” AJ Matbuot xizmati