
“YANGI-ANGREN IES” AJ 2024-YIL YANVAR-SENTABR OYLARI ISHLAB CHIQARISH KO‘RSATKICHLARI
Yangi-Angren IES joriy yilning 9 oyi davomida rejaga ko‘ra 3,4 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, amalda 3,5 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va reja ko‘rsatkichi 105 foizga bajarildi.
Elektr stansiyasi tomonidan iste’molchilarni uzluksiz elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida hozirgi kunda sutkasiga o‘rtacha 13 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, yagona energotizimga uzatilmoqda.
Ma’lumot uchun, Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi Angren shahri, Ohangaron tumani va qisman Farg‘ona vodiysini elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan asosiy elektr stansiyasi hisoblanadi.
Bundan tashqari, o‘tgan oylar davomida 124 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan bo‘lib, amalda 138 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi va iste’molchilarga yetkazib berildi. Belgilangan reja 111 foizga bajarildi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati