“Yangi-Angren IES” AJ da fuqaro muhofazasi tuzilmalari tomonidan keng qamrovli maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi

“Yangi-Angren IES” AJ da fuqaro muhofazasi tuzilmalari tomonidan keng qamrovli maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi

“Yangi-Angren IES” AJning ob’ektlarda yong‘inхавфсизлигини ta’minlashni tashkil etish bo‘linmasi, Ohangaron tumanidagi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism hamda Ohangaron tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur mashg‘ulotlar korxona xodimlarini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi. 

Mashqlar davomida shartli yong‘in va avariya holati yuzaga keltirilib, xodimlarning evakuatsiya tartibiga rioya etishi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish amaliyoti hamda maxsus texnikalardan foydalanish jarayonlari real sharoitga eng yaqin holatda sinovdan o‘tkazildi. 

Tadbir davomida ishtirokchi bo‘linmalar o‘zaro muvofiqlashtirilgan, aniq va jipslikdagi harakatlari orqali yuqori darajadagi tayyorgarligini namoyish etdi. 

Bunday amaliy mashg‘ulotlar favqulodda vaziyatlarda inson hayotini asrash, xavfning oldini olish va ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, o‘quv mashqlari korxonaning xavfsizlik madaniyatini yanada kuchaytirib, xodimlarning amaliy tayyorgarligini oshirishga xizmat qildi. 

“Yangi-Angren IES” AJ Matbuot xizmati