Yangi investitsiya loyihasi asosida 500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasi barpo etilmoqda

Yangi investitsiya loyihasi asosida 500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasi barpo etilmoqda

Xabaringiz bor, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 3-son bug‘-gaz qurilmasini barpo etish loyihasi izchil amalga oshirilmoqda.

Loyihani amalga oshirishda bosh pudratchi sifatida Yaponiyaning Mitsubishi Corporation va Mitsubishi Power Ltd. kompaniyalari konsorsiumi, qurilish ishlarida subpudratchi sifatida Turkiyaning Çalık Enerji kompaniyasi mutaxassislari faol qatnashmoqda.

Loyiha doirasida, shuningdek, viloyatda ilk bor 500 kV kuchlanishli yirik ochiq taqsimlash qurilmasini qurish ishlari ham jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Mazkur inshoot elektr energiyasini yuqori kuchlanishda uzatish va tizim barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni paytda ochiq taqsimlash qurilmasi qurilish maydonchasida montaj va o‘rnatish ishlari yuqori sur’atlarda davom etmoqda. Loyiha ishga tushirilgandan so‘ng hududning energiya ta’minoti tizimi yanada mustahkamlanishi kutilmoqda.

“Navoiy IES” AJ Matbuot xizmati