“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI AMALDA
Davlatimiz rahbari tomonidan e’lon qilingan daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim korxonalari ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, Navoiy IES mehnat jamoasi ushbu hayrli ishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
O‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” yakuniga qadar korxona xodimlari tomonidan 6 gektar yerga salkam 10 mingga yaqin manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlarini ekish belgilangan. Joriy haftada shundan 1 000 tasini ekish bo‘yicha faol ish olib borilyapti.
E’tiborlisi, daraxt ko‘chatlari hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘lar hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda stansiyaning Maishiy xizmat bo‘limi xodimlari tomonidan yetishtirilgan. Endi ular agrotexnik talablar asosida parvarish qilinadi, mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi.
-O‘tgan yili “Yashil makon” loyihasi doirasida yerga qadagan ko‘chatlarimiz bo‘y cho‘zib ko‘zimizni quvontirishni boshladi. Qolaversa, korxonamiz va uning yon-atrofidagi tabiatning yashilga burkalishi xodimlarimizning kayfiyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tajribali mutaxassislarimiz esa u yoki bu daraxtni qanday parvarish qilish, estetik ko‘rinishini yaxshilash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini ham berib borishyapti, - deydi Navoiy IES ekologi Jamshid Mirzoyev.
“Navoiy IES” Matbuot xizmati