“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
Joriy yilning 20-oktyabrdan mamlakatimiz miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” boshlandi. Xususan, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim korxonalari tomonidan loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Tizim korxonalari ichida eng yirigi hisoblangan, Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi mehnat jamoasi tomonidan ushbu hayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shish maqsadida, hozirga qadar korxona ichki hududiga jami 2587 tup mevali va manzarali ko‘chatlari o‘tqazildi.
Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi ishchi-xodimlari tomonidan ko‘chat ekish barobarida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari ham olib borilmoqda. Hozirda stansiya hududiga ekilishi rejalashtirilgan ko‘chatlar uchun yerlarni yumshatish va agrotexnik ishlarini tashkil etish bo‘yicha ham ishlar boshlab yuborilgan.
Energetiklar tomonidan yaratilayotgan “Yashil belbog‘” aksiyasi doirasida nafaqat ko‘chat ekish, balki nihollarni sug‘orish tizimi ham yangilanmoqda, ekilgan daraxtlarga ishlov berilmoqda.
E’tiborlisi shundaki, daraxt va gul ko‘chatlari korxonaning hudud jihati, iqlim sharoitidan kelib chiqib, gulzor va bog‘ hosil qilish, ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutilgan holda stansiyaning barcha tarkibiy bo‘linmalari ishchi-xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, korxona tomonidan, “Dolzarb 40 kunlik” doirasida jami 10 285 tup daraxt ko‘chatlari, “Yashil belbog‘” doirasida esa 2 539 tup turli hildagi daraxt va gul ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.
Sirdaryo IES Matbuot xizmati