
YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA AMALIY TADBIR TASHKIL ETILDI
Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi va ta’minlovchi korxonalarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash nafaqat qish mavsumida, balki yil davomida ustivor vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada, ayniqsa yong‘inga qarshi o‘tkazilayotgan dolzarb oylik davomida, mas’ul xodimlar uchun ko‘rgazmali dasturlar asosida maxsus o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilish esa ahamiyat kasb etadi.

Shuni e’tiborga olib, Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga qarashli Ob’ektda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘linmasi tashabbusi bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnogen xavflar bo‘yicha yakuniy amaliy tadbir o‘tkazildi. Tadbirga “To‘raqo‘rg‘on IES qurish direksiyasi” unitar korxonasi bosh muhandisi xizmati mas’ul xodimlari, barcha ishlab chiqarish sexlari, nazorat faoliyatini olib boruvchi tuzilmalari 40 nafar xodimlari jalb qilindi.


Yakuniy mashg‘ulotlarda stansiya qoshidagi 30-yong‘in-qutqaruv qismi maxsus bo‘linmasi boshlig‘i mayor G‘.Yandashev, mas’ul xodimlar - podpolkovnik O‘.Turdialiyev va katta leytenant A.Tursunmetovlar real voqelikka yaqinlashtirilgan xavfli texnogen vaziyatlarda harakat qilish qoidalarini amaliy mashg‘ulotlar yordamida ko‘rsatib berdilar, bu mashg‘ulotlarga xodimlar ham keng jalb qilindi.

- Yong‘inlarning oldini olish hozirgi kundagi dolzarb masala hisoblanadi, - deydi 30-yong‘in-qutqaruv qismi maxsus bo‘linmasi boshlig‘i mayor G‘.Yandashev, - ayrim joylarda elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida ham yong‘in holatlari kelib chiqishi mumkin, ularning oldini olish uchun biz doim tayyor bo‘lishimi kerak.
“To‘raqo‘rg‘on IES QD” UK Matbuot xizmati.