
“YONG‘IN XAVFSIZLIGI” OYLIGI DOIRASIDA XAVFSIZLIK CHORALARI KO‘RILMOQDA
“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tizimida 2021 yil 20 noyabrdan boshlab o‘tkazilayotgan yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida “Farg‘ona IEM” AJ mehnat muhofazasi, mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha muhandis-noziri, sex va bo‘limlari tomonidan o‘zaro hamkorlikda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ko‘rik o‘tkazilmoqda.

Ko‘rikda xodimlarga yong‘inlarni oldini olish, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish borasida tushuntirishlar berildi, yong‘in o‘chirish texnikalari va birlamchi o‘t o‘chirish vositalarini qo‘llash usullari ko‘rsatib berildi, shuningdek favqulodda holatlarni bartaraf etishda qo‘llaniladigan texnika va uskunalar navbatdan tashqari tekshiruvdan o‘tkazildi.

Qutqaruv, birinchi tibbiy yordam, evakuatsiya, qo‘riqlash xizmati guruhi, aloqa va yong‘inga qarshi kurash kabi qator guruhlarning avariya va yong‘in vaqtida harakatlanishi qoidalari ko‘rgazmali ravishda namoyish etildi.

“Farg‘ona IEM” AJ Matbuot xizmati.