YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-sonli “Yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ filiallarida, xususan, Navoiy IESda qurilmalar navbatdan tashqari sinovdan o‘tkazildi. 

Navoiy issiqlik elektr stansiyasining mazut xo‘jaligi mazut sig‘imlari quruq quvurlari navbatdan tashqari sinovdan o‘tkazildi. Amaliy o‘quv mashg‘ulotlariga 2 ta maxsus texnika va 20 ga yaqin mutaxassis jalb etildi.

Mazkur ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - yong‘in xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lmasligini oldini olish hamda yong‘inga qarshi uskunalarni ishchi holatda saqlashdan iborat. 

-Yong‘in xavfsizligini ta’minlash eng ustuvor vazifalarimizdan biri sanaladi. Shu bois korxonamizda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish maqsadida doimiy hushyorlik talab etilmoqda. Ushbu yo‘nalishda maxsus ishchi guruhi shakllantirilgan bo‘lib, har bir sex va uchastkalarda doimiy ravishda targ‘ibot-tashviqot, tushuntirish ishlarini o‘tkazib bormoqdamiz – deydi Yong‘in xavfsizligi katta noziri Salim Bobomurodov.   

Navoiy IES Matbuot xizmati