Yong‘in xavfsizligini ta’minlash – muhim vazifa
Qish mavsumi boshlanishidan avval “Toshkent IES” AJ energobloklari transformatorlarida yong‘inga qarshi avtomatik o‘chirish moslamalari sinovdan o‘tkazildi.
Bunda yong‘in xavfsizligi, yong‘inni payqash, signalizatsiya va o‘chirish, suv bilan ta’minlash tizimlari, xabar berish, aloqa va yong‘inga qarshi himoyalashni kuchaytirish holatlari o‘rganildi.
Xususan, 370 MVtli bug‘-gaz qurilmasi transformatorida texnik tekshiruv davomida aniqlangan nosozliklar yuzasida ta’mirlash ishlari olib borildi.
Amalga oshirilayotgan ishlardan asosiy maqsad - korxonada yong‘inga qarshi tizimni yaxshilash, yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan ishlarni bajarishda xodimlar xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishning yong‘in xavfini pasaytirish hamda yong‘in sodir bo‘lganda insonlar va moddiy boyliklarning xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirildi.
“Toshkent IES” AJ Matbuot xizmati