MAHALLIYLASHTIRISH VA KOOPERASIYA DASTURI
“ISSIQLIK ELЕKTR STANSIYALARI” AKSIYADORLIK JAMIYATIDA OLIB BORILAYOTGAN
MAHALLIYLASHTIRISH HISOBIGA IMPORTNI OPTIMALLASHTIRISH ISHLARI
MAHALLIYLASHTIRISH HISOBIGA IMPORTNI OPTIMALLASHTIRISH ISHLARI
Mahalliylashtirish darajasini oshirish iqtisodiyotning yanada barqaror va izchil rivojlanishini ta’minlash, uning tashqi omillarga bog‘liqligini kamaytirish hamda ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologiyalarning tatbiq qilinishini jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, mahalliylashtirish va sanoat kooperasiyasi sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-dekabrdagi PQ-2698-sonli “2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019-yil 1-maydagi PQ-4302-sonli “Sanoat kooperasiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2019-yil 24-avgustdagi PQ-4426-sonli “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperasiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha mas’uliyatini yanada oshirish to‘g‘risida”gi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-dekabrdagi 1009-sonli “Sanoat kooperasiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish, amalga oshirish va hisobot tizimini yuritish hamda ushbu jarayonda davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi, 2019-yil 30-sentabrdagi 833-sonli “Sanoat yarmarkalari va elektron kooperasiya birjasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020-yil 10-martdagi 136-sonli “2020-2021 yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi qarorlari mazkur faoliyatning yanada jonlanishiga olib keldi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalari bazasida mahalliylashtirish dasturi doirasida tizim ehtiyojlariga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, ta’mirlash fondi doirasida modernizasiya va rekonstruksiya qilish ishlarini jadallashtirish hamda qurilish-montaj ishlarining tannarxini pasaytirish maqsadida jamiyat tomonidan hududlarda ishlab chiqarish sexlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Jamiyat tomonidan 2024-yilda ham importni optimallashtirish borasida mahalliylashtirish dasturi va sanoat kooperasiyasi asosida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Mahalliylashtirish dasturi va sanoat kooperasiyasi doirasida “IES” AJ tomonidan issiqlik elektr stansiyalari va markazlari uchun ehtiyot va butlovchi qismlari (armatura o‘rindig‘i, klapan o‘rindig‘i, qozon ekran paneli, ikki qatlamli o‘rama quvur va boshqalar) ishlab chiqariladi.
Batafsil: