AXBOROT SO‘RASH TARTIBI

AXBOROT SO‘RASH TARTIBI

So‘rov shakli:

"Issiqlik elektr stansiyalari" AJ faoliyatiga oid ma’lumot, sharh yoki rahbariyat bilan intervyu, shuningdek Aksiyadorlik jamiyati to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni so‘rash uchun tahririyat blankida rahbar (bosh muharrir, bo‘lim muharriri) tomonidan imzolangan xat tayyorlash kerak.

Boshqaruv raisi yoki uning o‘rinbosarlaridan intervyu olish to‘g‘risidagi so‘rovlar matbuot xizmati rahbari-Boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi nomiga yo‘llanadi.

So‘rov mazmuni:

Xatda quyidagilar aks etishi lozim: so‘rov mazmuni, savollarning to‘liq ro‘yxati, muddati, tahririyatning aloqa ma’lumotlari va muxbirning koordinatlari.

So‘rovlar elektron pochta yoki pochta manzili orqali qabul qilinadi.

So‘rovlarga javoblar O‘zbekiston Respublikasining "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq taqdim etiladi.